САЙТ ЗАБЛОКИРОВАН ПО РЕШЕНИЮ СУДА.
Xayirli kun, Гость!
Bugun: 24.11.2024
Soat: 23:39
Вход Регистрация
Tasodifiy Maqola : Gripp va shamollashning oldini oling!
Qishning ayozli kunlarida atrofdagilarning aksirishi va yo‘talishini ko‘rib, kasal bo‘lmaslik uchun ... davomi
» Узбекиское порно видео UZPORN
Библиотека | Hayotiy voqealar | XORIJLIK KELIN…
<< 1 2 3 >>
tupurdi. Keksayib qolgan ota-onasi ham, qadrdon qishlog'i ham, hech narsa ko'ziga ko'rinmadi… O'yladi, o'ylayverdi… Baribir, xotinidan ko'nglini uzolmadi… Ketishi kerak… Qanday bo'lmasin, ketishi shart… Bu qishloqda bir o'zi qolgani bilan obro' toparmidi… Erta-indin yana o'sha eski hammom, eski tos… Ketmon ko'tarib dalaga chopadi. Ertadan kechgacha qora terga botib ishlagani bilan na pul orttiradi, na obro'… To'g'ri o'ylagan ekan… Ana, qishloqda o'sgan, hamma oriyatli deb sanaydigan bolalar gulday xotinini yalang'ochlab ketishdi-ku!.. Bundan ortiq xo'rlik bormidi dunyoda?! Shuncha ishlardan keyin yana shu qishloqda qolsinmi?! Yo'q… Yelkasining chuquri ko'rsin endi bu yerlarni…

Umrzoq bir qarorga kelgach, xotinini yoniga olib tavakkal yo'lga tushdi. Poezdga chiqib joy-joylarini egallashgach, ikkovlarining ham chehralari ochilgandek bo'ldi. Ayniqsa, Natasha go'yo yelkasidan tog' ag'darilgandek ancha yengillab qoldi. Ammo qo'shni o'rindiqda yastanib o'tirib astoydil ko'knori ezg'ilayotgan notanish qariya negadir Umrzoqdan sira ko'z uzolmasdi. U to ko'knorisini kaftlab-kaftlab og'ziga solgungacha ham termulaverdi. Umrzoq ham buni sezdi. Biror nima so'ramoqchi shekilli deb o'ylab, ancha vaqt quloqlarini ding qilib o'tirdi. Qariyadan sado chiqavermagach, toqati toq bo'lib o'zi gap boshladi:

— Ha, boboy, meni birovga o'xshatyapsizmi, deyman?.. — Qariya piyoladagi sovibroq qolgan ko'k choyni oxirigacha simirib ichdi-da, ma'noli bosh chayqab qo'ydi.

— O'xshatganim yo'q-ku, bolam, o'tirishing bejo-da!.. Xuddi turmadan qochgan odamday javdiraysan-a, vey!..

— Turmadan qochganim yo'q, boboy, qishloqdan qochdim… — kulib qo'ydi Umrzoq, — O'rusiyadan uylanib kelgandim… Xotinimni sig'dirishmadi… Shundan keyin… Menam jo'navordim orqaga, nima qilay?!

— Bekor qipsan, bolam, — dedi qariya kutilmaganda chuqur xo'rsinib, — xotinni yo'liga kirib bekor qipsan… Vatan-a, vatan!.. Uni qayoqdagi ajnabiy xotinga almashib bo'larkanmi?! Mana, meni aytdi dersan, bir kunmas bir kun baribir qaytib kelasan… Qaytgandayam, qon yutib qaytasan, bolam, ko'zingni och!.. — Umrzoq qariyaning bunaqangi keskin gaplarini eshitib dardiga dard qo'shildi. Ayni damda bu odamni shu qadar yomon ko'rib ketdiki, alamiga chidolmay yana xotinini yoniga oldi-da, jomadondan bir shisha aroq chiqarib, ikkovlon asta-sekin «maydalay» boshlashdi. Qariya esa, ko'knori ta'sir qildimi, allaqachon xurrak ota boshlagan edi.



* * *



O'rusiyadagi qarindosh-urug'lar Umrzoqni yaxshi kutib olishdi. Lekin, bu mehmondo'stlik Umrzoqning ko'ngliga o'tirishmasdi. Axir, o'rischasi, baribir o'rischa-da! «Oldingga hamma ovqatni qatorlashtirib qo'yishadi-da, o'zlari indamay o'tiraverishadi. Bironta kimsa mundoq qarab: «Vey, sen mehmon eding, manavilardan olib o'tir!» — desa-chi… Umrzoq nima qilganda ham qishloqdanligiga borib o'zini qandaydir noqulay sezaverdi… Bu hametmaganday, kun o'tgan sari Natasha tamoman o'zgarib borardi. U har kuni turli-tuman kiyimda ko'chaga otlanar, ba'zan ertadan to yarim tunga qadar «yo'qolib» qolar, qaerlarda yurgani-yu, nima yumush bilan mashg'ulligi xususida eriga «doklad» qilishni o'ziga sira ep ko'rmasdi. Shundoq ham sokin hayot joniga tega boshlagan Umrzoq esa, xayolan turli yomon ko'chalarga kirib chiqardi…

Bir kuni Umrzoq uyqudan uyg'ondi-yu, yonida yana xotinining yo'qligini ko'rib battar xunobi oshdi. U apil-tapil kiyindi-da, qaynonasining hay-haylashiga ham qaramay ko'chaga otildi… Ha, u o'sha o'zlari birinchi kuni birga tushlik qilgan kafedadir, balki… Afsuski, u kafegacha ham yetib borolmadi. Avtobus bekatini yoqalab katta yo'l bo'yiga chiqqan ediki, qator mashinalardan biri yonida Natashaning begona erkak bilan quchoqlashib turganini ko'rib kapalagi uchib ketayozdi. «Voy, qanjiq-ey… Voy, kofirzoda-ey!.. — deya asabiy pichirlardi Umrzoq u tomonga borishni ham, bormaslikni ham bilmay, — Buni xotin deb yursam, g'irt buzuqi ekan-ku!..»

— Natasha, bu yoqqa kel dedim! — beixtiyor qichqirib yubordi Umrzoq. Natasha tanish ovozni eshitib, erkakning quchog'idan sekingina chiqdi-da, eriga yaqinlashdi. U Umrzoqqa shunchalik sovuq tikilardiki, butun alami yuziga urgandek edi.

— Ha-a, nimaga orqamdan poylab yuribsan, azizim?.. — sovuqqonlik bilan so'radi u qoshlarini chimirib, — Endi sening dastingdan ko'chagayam chiqolmay qolaman shekilli-a?..

Umrzoqning yuzidan qoni qochdi. Tishlari asabiy g'ijirlab mushtlari tugildi. Nahotki, xotini, bir vaqtlar o'zining ishqida kuyib-yongan, «Sendan ayrilsam o'laman» deya ayuhannos solgan Natashasi shunday yo'l tutsa?.. Unda… Sevgi… Muhabat qayoqda qoldi?.. Ilgarigi… Yo'q… Yaqindagina qishlog'igaetaklashib borgan Natasha qayoqda qoldi? O'zining erkaklik g'ururi qayoqda qoldi?.. Nega borib anavi nusxaning basharasini bo'yab qo'yolmayapti?.. Yo'-o'q… Mozormahallaning yigitiga bunaqa hunarlar o'tmaydi… Ha-a, u musofir… Hech kimga gapi, zo'r kelganda mushti ham o'tmasligi mumkin… Ta'na toshlarini jim turib tanasiga singdirishi ham mumkin… Ammo bunday xo'rlikka, yuzsizlikka jimgina qarab tura olmaydi… Yaxshisi… Ketadi… Ketaveradi… Muhabbat shunchalar arzon bo'lsa, muhabbatsiz o'tadi… Yaxshisi… Ona qishlog'idagi eng xunuk qizning tovonlariga bosh qo'yib uxlaydi… Ammo bunday buzuqlik tarvaqaylagan joylarda qolmaydi… Hozir… Hammasini aytib oladi-da, ketadi… Ketadi…

— Vey, qanjiq, — dedi hirillab Umrzoq, — sen hali o'zbekni ahmoq qilmoqchimisan? Shu yo'l bilan o'zbekdan qasd olmoqchimisan?.. He, enangni, bildingmi?..

— Nima, nima?.. — shu payt kutilmaganda haligi o'ris yigit unga yaqinlashib kela boshladi. Umrzoq, baribir, o'zini yo'qotmadi. Yer ostidan qarab yigitni yaxshilab kuzatdi… Ha, o'ziga nisbatan ancha kuchliga o'xshaydi… Demak, qo'liga tushsa sog' chiqmaydi… Nimadir qilishi kerak… Nima qilib bo'lsa-da, alamini olishi kerak bu xunasadan…

Umrzoq jonholatda uyoq-buyoqqa qarab yerdan kattaroq bir tosh topdi-da, tavakkal o'ris yigitning basharasiga irg'itdi va orqa-ketiga qaramay qochaverdi… Qochaverdi… Vallohi a'lam, u otgan tosh yigitning yo boshini yordi, yo miyasining qatig'ini chiqardi… Bilmaydi… Bilmaydi… Hozir u poezdga ilashib qolsa bo'ldi… Boshqasi bilan ishi yo'q… Ishi yo'q…

Aksiga olib, Toshkent poezdi endigina o'rnidan qo'zg'algan ekan. Umrzoq vagon kuzatuvchilarining baqir-chaqiriga ham quloq solmay duch kelgan vagonga sakrab chiqib oldi. Kuzatuvchilar uni tashqariga itarishdi, u ichkariga talpinaverdi. Oxiri, poezd shohbekatdan uzoqlasha boshlagach, Umrzoq nihoyat kuzatuvchini olib ketishga ko'ndirdi.



* * *



Umrzoqda Natashaning alami ko'p edi. Alamini oldi. Lekin, shunisi yomon bo'ldi-da!.. Bir umrlik baxtimni topdim deb behuda quvongan qishloqi yigitdan bu alamini juda xunuk yo'l tutib oldi. Yigitning ko'ngli sindi, boshi egildi. Umrida yig'lab ko'rmagan edi. Poezdning derazasiga boshini qo'yib to'ygunicha yig'ladi. Ho'ngrab-ho'ngrab yig'ladi. Yigirma birga yaqinlashib ham oq-qorani taniy olmaganidan kuydi.

Keksaygan chog'larida ota-onasini bekor ranjitganidan kuydi…

Poezdda beixtiyor yana o'sha
Скачать txt | fb2
<< 1 2 3 >>
На главную
Онлайн: 0 / 28

Sex Uzbek hikoya, секс хикоялар, Узбечка секс хикоя, seks hikoya, uz, xikoya, seks uz, seks uzbek, erotik hikoyalar, seks hikoyalar, erotik xikoyalar, seks xikoyalar, ehtirosli xikoyalar, extirosli hikoyalar, UZBXXX, yangi erotik sex hikoyalar 2024, уз секс 2024 хикоялар, порно узбек, Uzbekcha pornolar, sex xikoya uz.

© Uz Hikoya Porno Sex Xikoya