САЙТ ЗАБЛОКИРОВАН ПО РЕШЕНИЮ СУДА.
Xayirli tun, Гость!
Bugun: 09.11.2024
Soat: 04:10
Вход Регистрация
Tasodifiy Maqola : "Uyda yolg‘iz" filmining mashhur aktyori Makoley Kalkin vafot etgani yolg‘on edimi?
Amerika mediasining xabar berishicha, giyohvandlik va alkogolga ruju qo‘ygan aktyor Makoley Kalkin o... davomi
» Узбекиское порно видео UZPORN
Библиотека | Hayotiy voqealar
1 2 3 4 >>

Real xikoya

Тэги:xikoyalar voqelar | hikoya su | hikoya 18 | kerakli maqola
Добавил:DENTER (02.05.2022 / 22:36)
Рейтинг:rating 1620 article (1)
Прочтений:6820
Комментарии:0
Janjal yana ertalabdan, nonushta mahalidan boshlandi.
– Dadasi… – dedi zorlanib Xolnisa.
Akbarali avvaliga o‘zini eshitmaganga solib ko‘rishga urindi, hatto jon-jahdi bilan gazeta o‘qiyotganday tutdi.
Ammo Xolnisa bo‘sh keladigan ayollardan emas.
– Dadasi… – dedi juvon bu safar sal zardali ohangda.
Bo‘ron boshlanib kelayotganini anglagan Akbarali og‘ir uf tortdi va noiloj xotiniga o‘girildi.
Ana endi Xolnisaga xudo berib qoldi. Birdan ko‘zlari jiqqa yoshga to‘lgan juvon “qult” etib tupugini yutarkan, alamli ohangda dedi:
– Shunaqa… Endi bu odam bizning gaplarimizni eshitmaydi… O’zimizam yoqmay qolganmiz, so‘zimizam…
Akbarali qo‘shni xonadagi Sherzod eshitib qolmasligi uchun ovozini pasaytirib dedi:
– Nima deysan? Yana o‘sha gapdir-da.
– Ha, o‘sha gap, – birdan jahl bilan o‘shqirdi Xolnisa. So‘ng ko‘zyoshlarini tiya olmay, bidirlab ketdi: – O’lar bo‘lsam o‘lib bo‘ldim qo‘shnilarning dastidan. Kecha anavi Saltanatga “Uyga servant omoqchiydik” desam, yashshamagur pixillab kulib nima deydi deng?
Xolnisa eriga savolomuz qaradi.
Akbarali avval yelka qisdi, so‘ng o‘ziga baqrayib tikilib qolgan xotinidan sas chiqavermagach, so‘rashga majbur bo‘ldi:
– Xo‘sh, nima dedi?
– Bopladi, yashshamagur! Iloyo og‘zingdan qoning kelgur!..
– Xo‘sh, nima dedi? – betoqatlanib so‘radi Akbarali.
– O’l dedi, dard dedi! – avjini kuchaytirdi Xolnisa. So‘ng erining afti burishayotganini ko‘rgach, darhol maqsadga ko‘chdi: – “Mosh sig‘magan orqangizga loviyani tiqib nima qilasiz?” dedi yashshamagur.
Akbarali hayron qoldi.
– Servantga moshning nima aloqasi bor?
Xolnisa eriga ikki karra ikki to‘rt bo‘lishini tushuntirayotgandek ta’kidlab, so‘zlarni chertib-chertib dedi:
– Uyimizning torligini aytdi-da u yashshamagur! Eri to‘rt xonani egallab olgan. Siz bo‘lsangiz, ammamning buzog‘iga o‘xshab…
– Bo‘ldi! – dedi bo‘g‘riqib ketgan Akbarali jahl bilan. – Plastinkangni to‘xtat! Yo boshqasini qo‘y.
– Nega to‘xtatarkanman?! – bobillab berdi Xolnisa. – Yo gapi noto‘g‘rimi? Yo‘q, to‘ppa-to‘g‘ri! Siz menga jahl qilmang, dadasi, jahl qilmang. Undan ko‘ra hammaga kulgu bo‘lib yurganimiz uchun o‘zingiz uyaling. Axir qachongacha umrimiz shu katalakda o‘tadi? Mehmon chaqirolmasak, o‘zimiz emin-erkin birovnikiga borolmasak. Yana ikki-uch yildan keyin Sherzodingiz kap-katta bola bo‘ladi. Bilmayman, to‘yni qaerda o‘tkazasiz…
Akbaralining tili qichidi, ammo darrov o‘zini bosdi. Zero u hozir nima desa ham tor uyda yashayverib, keng-mo‘l uyni orzu qila-qila yurak-bag‘ri siqilib ketgan Xolnisa alamini to‘kib solish uchunoq kamida yana yarim soat baqir-chaqir qilishi, keyin esa xo‘rligi kelib, rosa yig‘lab olishi aniq edi.
“Ayollarga oson, – deb o‘ylardi shunaqa paytlari Akbarali. – Hech bo‘lmasa ko‘zyoshi to‘kib sal yengil tortib olishadi. Qiyindan bizga qiyin…”
Darhaqiqat, bunday chog‘larda tashqaridan xotirjam ko‘rinsa-da, Akbarali sas chiqarmay iztirob chekar, diliga quyilayotgan alam-iztirob, chorasizlikdan qiynalish tuyg‘ulari esa asta-sekin madda boylab, yuragini siquvga olayotgan bo‘lsa kerakki, keyingi paytlarda yigitning yuragi siqadigan odat chiqardi.
Ammo Akbarali buni xotiniga bildirmaydi.
Hozir ham indamay, tez-tez kiyindi-da, uydan chiqib ketishga shoshildi.
Uning ortidan Xolnisa shang‘illab baqirib qoldi:
– Erkakmisiz o‘zi! Anov ishni hal qilib keling! Yuraverasizmi shalpayib? Sizga o‘xshagan odamlarning uch-to‘rttadan hovlisi bor. Biz bo‘lsak…
Akbarali qadamini tezlashtirdi.
Nihoyat xotinining qahrli ovozi eshitilmay qolgandan keyingina u ustidan bosib turgan yukdan xalos bo‘lganday sal yengil tortdi. Ammo bu vaqtinchalik holat edi, xolos. Zero, oradan bir necha daqiqa o‘tar-o‘tmas hammasi boshidan boshlanadi…
* * *
Hamma zamonlarda ham ishbilarmon, tadbirkor, o‘zini o‘tga-cho‘qqa urib bo‘lsa hamki turmushini farovon etib yuradigan, tegirmonga tushsa butun chiqadigan ustomonlar qatorida bo‘sh-bayov, boriga qanoat qilib yashaydigan, ammo ertangi kunga nisbatan umidni yo‘qotmaydigan fuqarolar ham bo‘lib kelgan va shunday bo‘lib qoladi.
Akbarali o‘zini mana shunday oddiy, kamsuqum odamlar safida ko‘rardi.
Bo‘lmasa vaqtida institutni bitirdi, yo‘llanma bilan zavodga ishga kelib, to‘rt yil quyuv tsexida muhandis bo‘lib ishlab ham berdi.
Tan olish kerak, o‘sha paytlari Akbarali zavodda yaxshigina maosh olardi. Zavod ish rejasini bajargan taqdirda maoshga qo‘shimcha tarzda beriladigan oylik mukofot pulining ham cho‘g‘i baland bo‘lardi.
Bu orada tortinchoq, kamgap Akbarali kerak paytlari ishchilar bilan bo‘ralatib so‘kishishni ham sal-pal o‘rganib oldi. Oy oxirida, reja bajarilishi xavf ostida mahallari esa o‘zi rangli metall qaynab yotgan sakkiz yuz darajali pechka yonida cho‘mich ko‘tarib turdi, zarur detallar uchun qolip yasashni ham balodaygina o‘zlashtirdi. Holbuki, avvaliga quyuq metall biqirlab qaynab turgan pechka yoniga yaqinlashishga cho‘chib turardi. Har qalay, odam qilgan ishni odam qilarkan, ko‘z qo‘rqoq, ko‘l esa botir bo‘larkan.
Institutda olgan nazariy bilimlari ko‘mak berdimi, oxir-oqibat ishchilar bilan til topishgan Akbarali bir-ikkita qo‘li gul quyuvchilar yordamida ayrim detallarni yarim tayyor metall shakllarni o‘yib ishlov berib emas, quyib tayyorlash bo‘yicha samarali takliflarni kiritib, ularni amaliyotga joriy etib, bundan keladigan iqtisodiy samara hisobiga mukofot puli olishni ham uddalaydigan bo‘ldi.
Ishqilib, yigitning qo‘li pul ko‘ra boshladi.
Yo‘llanma bilan kelgan yosh mutaxassisga zavod yotoqxonasidan bir xona ajratib berishgandi. Akbarali shu yerda yashar, oyda bir marta qishloqqa borib, ota-onasi va aka-singillaridan xabar olib qaytardi.
Hayot endi shu tarzda davom etadigandek edi. Ish, yotoqxona, yakshanba kuni dam, dushanbadan yana ish; oyda bir marta uyga borib kelish…
To‘g‘ri, zavodning o‘zida ham, ta’bir joiz bo‘lsa, havodan pul yasaydigan olg‘irlar topilib turardi. Ular bir necha marotaba birga ishlashga taklif etishdi, ammo Akbarali ro‘yxo‘shlik bildirmadi. Ayniqsa duradgorlik tsexining boshlig‘i Akmal bir necha marotaba hatto yotoqxonaga ham izlab kelib, hamkorlikda biznes qilishga chaqirdi. Akbarali ko‘nmadi.
Bu orada zamon o‘zgarib ketdi.
Bozor iqtisodiyoti degan tushuncha hayotga kirib keldi.
Ko‘pchilik odam o‘zini oldi-sotdiga urdi.
Akbarali o‘z joyida tinchgina ishlayverdi. Uning ancha-muncha tanishlari bu sohada sinib, boridan ham ayrilishdi. Ularni ko‘rib, Akbarali bunaqa ishlarga aralashmagani uchun o‘zicha shukronalar aytdi. To‘g‘ri, ba’zi bir tanish-bilishlarining omadi keldi. Ular tez orada yangi mashinalarda, qimmatbaho liboslarda o‘zlarini ko‘z-ko‘zlab yuradigan bo‘lishdi. Akbaralining ularga havasi keldi, ammo oldi-sotdini eplolmasligini o‘ylab, yana bunaqa ishlardan o‘zini olib qochib yurdi.
Tez orada Akbarali uylandi.
Kelin qishlog‘idan. Istarasi issiqqina, xushmuomala Xolnisa bilan dastlabki yillari oilaviy yotoqxonaning katalakdek bir xonasida baxtiyor yashadilar. Qishloqdan kelgan Xolnisa yotoqxonaning sharoitidan, ayniqsa bir jo‘mrakdan issiq suv, ikkinchisidan sovuq suv tinmay kelishidan, umum oshxonada esa
Скачать txt | fb2
1 2 3 4 >>
На главную
Онлайн: 0 / 14

Sex Uzbek hikoya, секс хикоялар, Узбечка секс хикоя, seks hikoya, uz, xikoya, seks uz, seks uzbek, erotik hikoyalar, seks hikoyalar, erotik xikoyalar, seks xikoyalar, ehtirosli xikoyalar, extirosli hikoyalar, UZBXXX, yangi erotik sex hikoyalar 2024, уз секс 2024 хикоялар, порно узбек, Uzbekcha pornolar, sex xikoya uz.

© Uz Hikoya Porno Sex Xikoya