Umrimiz shunchalik tez va
tinimsiz oqayotgan daryo kabiki,
vaqt qanday o`tganini sezmay
ham qolamiz. Daryo o`z oqimi
bo`ylab ketar ekan, turli joylarga,
toshli, tikanli qirg'oqlarga bosh
urmasdan oqmaydi.<< >>
Insonning hayot yo`li ham shu
kabi oq-qora, yaxshi-yomon,
xursandchilik va tashvishli
damlardan iborat.<< >> Olloh
bizni inson qilib yaratgan ekan,
bunga shukrona keltirmog'imiz
joiz. Odam dunyoga kelgach,
yillar o`tagani sari jismoniy va
ruhiy jihatdan ulgayib boradi va
komil inson darajasiga yetash
uchun mashaqqatli damlarni
boshdan kechiradi<< >> Biz ham
o`tayotgan har bir lahzamizning
qadiga etib, umrimizni bekorchi
narsalarga sarflamasakkina,
dunyoda umrini mazmunli
o`tkazgan insonlar qatoridan joy
olsak, ajab emas...<< -Beshkunlik
dunyoda hammamiz omon
bo`laylik!