Bir odam shahardagi bozorga
kelayotgan ekan. Qo'lida tuxum
to'la savat ko'targan. Yo'lda
ketayotib, o'zi bilan o'zi
gaplashib boraveribdi:
- Savatimda yuzta tuxum bor,
har bittasini to'rt yuz so'mdan
sotsam ham, qirq ming so'm
bo'ladi. Bordiyu, besh yuz
so'mdan sotsam ellik ming
so'm bo'ladi. Agar besh kun
ellik ming so'mdan sotsam ikki
yuz ellik ming so'm bo'ladi. Bu
pulga bozordan ikkita echki
sotib olaman. Uni yaxshilab
boqaman, ko'z qorachiday
asrayman. Echki jonivor tez
ko'payadi. Agar tomog'iga
qarasam u menga bir yilda ikki
marta, ikkitada tug'ib beradi.
Ular katta bo'lib, yana
ko'payishadi-da, butun hovlim
to'lib ketadi. Ularni bozorga
olib borib sotaman. O'rniga
yaxshi qo'ylardan sotib
olaman, bitta ho'kiz ham
qo'shib olaman. Ularni
semirtirib sotib yangi "LASETTI"
olaman. Hammani qoyil qoldirib
katta uy tashlayman. Uning
basseyni ham bo'ladi. Usti
yopiq bassiyn bo'ladi qishda
ham cho'milishga yaxshi.
O'g'limni yurfakka o'qishga
solaman keyin pulning o'zi
keladi.
Qahramonimiz hayol bilan
bo'lib to'g'risida turgan
stalbani ko'rmay qoldi. Savat
stalbaga urilib yiqilib tushdi.
Bechora o'rnidan turdida,
yerga engashib, loaqal birortasi
butun qolgandir deb qaradi.
Lekin tuxumlarning hammasi
qachoq bo'lib ketganini
ko'ribdi.
Bir yo'lovchi unga yetib kelibdi.
- Birodar,- debdi unga
qahramonimiz- ko'pdan buyon
ketimdan kelyotganmiding?
- Sen boy bo'la boshlagan
vaqtidan to bor yo'g'ingdan
ajrab qolguninggacha,- debdi
yo'lovchi.