Biz ko`pchilik aktrisalarning o`z yoshidan 10-20 yoshga yosh ko`rinishidan hayratga tushamiz. Ba`zi yulduzlar esa sira qarimaydigandek ko`rinadi. Ularning sirini bilishni istaysizmi? Yosh ko`rinish sabablariga to`qqiz misol.
1. Tabassum - bu ko`pchilik ayollarning ishonchli «quroli». Ko`pchilik aktrisalarning ta`kidlashicha, ularning latofatining siri plastik operasiyalarda emas, balki ajoyib tabassumida. Haqiqatan ham tabassum mayda ajinlarni tekislaydi, chehrani yashnatadi, ko`zlar porlab turadi va har qanday kosmetikadan afzal.
2. Kelishgan qad-qomat - Juliya Roberts va Endi Makduellning asosiy go`zallik siri. Chiroyli qomat kishini 10, hatto 20 yilga yosh ko`rsatadi.
3. Nasl. Rene Russoga yosh ko`rinish nasldan o`tgan. Shuning uchun u yoshligidan onasining yuziga qarab 40 yoshdan keyin unda qanday muammolar paydo bo`lishi mumkinligini aniqlab borgan va shunga qarab parvarishni yo`lga qo`ygan ekan.
4. Fitnes. Qad-qomatingiz kelishgan bo`lishiga qaramay o`zingizga e`tiborni butunlay tashlab qo`ysangiz, go`zalligingizni saqlab qololmasligingiz mumkin. Xolli Berrining aytishicha, fitnes yoshlik, go`zallik va salomatlik garovidir. Bundan tashqari, fitnes mashg`ulotlari tetiklik, yaxshi kayfiyat, ajoyib ko`rinish hadya qiladi.
5. Kosmetikasiz yurish. Kosmetikasiz yurish ayolni 5 yoshgacha kichik ko`rsatadi. Aksincha, pardozning ortiqchasi sizga yoshingizdan ham katta yosh qo`shib ko`rsatadi. Fransuz ayollarining «a-lya natyurel» uslubida faqat rangsiz kosmetika qo`llaniladi. Hatto Madonna yoshligida juda ko`p kosmetikadan foydalangan bo`lsa-da, hozir rangsiz bo`yoqlarni ma`qul ko`radi.
6. O`rtacha bo`y. Bunday bo`y bilan modellik agentligiga qabul qilishmasa-da, 30 yoshdan so`ng kichik bo`yingiz sizning foydangizga: bo`ydor ayollar yoshiga nisbatan ulug` ko`rinishadi, 45 yoshida 165 sm bo`yli ayollar ancha yosh ko`rinadi. «Boylar ham yig`laydi» seriali yulduzi Veronika Kastroni eslang. Birinchi seriyalarda u 17 yoshli qizni o`ynagandi.
7. Uzun sochlar va kokillar. Ochroq rangdagi sochlar har doim yoshlik va go`zallik ifodasini berib kelgan. Xo`sh, unda qorsoch go`zallar-chi? Uzun qora sochlarni elkalarga yoyib oling! Sandra Ballokni kim 52 yoshda deydi? Uzun sochlar nafislik timsoli. Yosh ko`rinishning yana bir siri: peshanadan kesilgan kokillar. Bu peshanadagi mayda ajinlarni yashiradi va chehrangizga sirlilik beradi.
8. Yarashiqli kiyim. Jennifer Lopes badanga yopishib turadigan toplar, ravon jinsilar ham bir necha yoshga kichik ko`rinishda yordam beradi. Albatta, qad-qomatga yarashib tursa bunday kiyimlarni har qanday yoshda ham kiyish mumkin.
9. Quvnoqlik. Kim Beysingerning aytishicha, yosh ko`rinish uchun kishi o`zini yosh his qilishi kerak. Hayotdan zavqlana bilish, hazillar qilish, kulib yurish, har doim yaxshi kayfiyatda bo`lish ayolni haqiqatan ham yoshartiradi. Doim go`zal va yosh bo`ling!