“Fizik ko‘zlari bilan” kitobi mualliflari Uolter Levin va Uorren Goldshteyn atrofimizdagi hodisalarga ko‘proq qiziqishga chaqiradi. Ular osmon nima sababdan doim rangini o‘zgartirishini misol tariqasida keltiradi. Bu haqda “Nauka” xabar bermoqda.
Quyosh yorug‘ligi kamalakning barcha ranglaridan iborat. U yer atmosferasi orqali o‘tar ekan, havo molekulalari va changning eng kichik zarralarida barcha yo‘nalishlarda tarqaladi. Bu hodisa Releya yoyilishi deb ataladi.
Spektrning zangori qismi boshqa ranglarga qaraganda kuchliroq, qizil rangga qaraganda taxminan besh marta kuchliroq yoyiladi. Shuning uchun ham kunduzi osmonga har qanday yo‘nalishda qaraganingizda moviy rang yoyilishi kuchliroq bo‘ladi. Shu sababdan kunduzi osmon moviy rangda bo‘ladi.
U holda quyosh botishi nega qizil rangda? Bunga ham yuqoridagi holat sababchidir. Quyosh ufq darajasiga kelganda uning nurlari atmosferaning yanada qalinroq qatlamidan o‘tadi. Unda yashil, ko‘k va binafsha ranglar kuchliroq tarqaladi. Rang ko‘zimiz va bulutlargacha yetib kelganda esa u asosan sariq, to‘q sariq va qizil ranglardan iborat bo‘ladi. Shuning uchun quyosh botayotgan paytda osmon xuddi yonayotgandek ko‘rinadi