Odatda, koronavirus birinchi haftada yengil yoki o‘rtacha o‘tadi. Uning og‘irlashishi, organizmda sitokin bo‘roni kasallikning 9-10 kunida namoyon bo‘ladi. Bu haqda ukrainalik shifokor-pediatr Andrey Penkov ma’lum qildi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, aksariyat hollarda ayni shu vaqtda kasalxonaga yotqizish talab qilinadi.
«Sitokin bo‘roni kasallikning birinchi haftasidan so‘ng boshlanadi — kasalxonaga yotqizish kerak bo‘ladigan davr ham ko‘pincha ayni shu vaqtda zarur bo‘ladi. 9-10 kunda koronavirusga chalingan bemorda nafas qisilishi, o‘tkir nafas yetishmovchiligi sindromi kuzatiladi. Bu bakterial jarayonlar emas, balki immunitet tizimining haddan tashqari reaksiyasi hisoblanadi», deydi shifokor.