Xalqaro Sog‘liqni saqlash tashkilotining saytida koronavirusning oldini olish uchun quyidagi tavsiyalar berildi:
— qo‘lni doimo sovun bilan yuvish yoki qo‘l uchun maxsus sanitarlik gelidan foydalanish;
— yo‘tal paytida og‘iz va burunni lastro‘molcha yoki qo‘l bilan to‘sish;
— gripp bilan kasallangan bemorlar bilan muloqotdan qochish;
— go‘sht va tuxumni yaxshilab maromida qaynatish;
— yovvoyi va uy hayvonlari bilan himoyalanmagan muloqotdan qochish;
Feysbukdagi guruhlarda yozilishicha, Sog‘liqni saqlash vazirligi maktablarda dushanba kundan niqoblarni majburan almashtirib taqishni joriy etmoqchi. Mantiqan to‘g‘ri. Biroq XSS ma’lumotlariga ko‘ra, umuman olganda xalqaro amaliyotga binoan bolaga doim qo‘lini tozalab yuvib turish shartligini uqtirish zarur.
— Qo‘l uchun ishlatiladinan gellar har bir savdo shahobchasida 3-4 ming so‘mdan sotiladi. Sotib olib bolaga uning qo‘llanishini tushuntiring va bugunoq ryukzagiga solib qo‘ying.
Aziza Umar kundaligida yozilishicha, Singapurdagi maktablarda bunday gellar katta idishlarda har bir qavatda bo‘lib, bolalar kuniga 5-6 marta kelib qo‘llarini dezinfeksiyalash uqtirilgan. Har qanday yuqumli kasalliklar epidemiyasining oldini olish uchun yordam beradinan yaxshi odat.