«UzAuto Motors» kompaniyasi xaridorlarga bo‘lib-bo‘lib to‘lash sharti bilan «Chevrolet Malibu» va «Tracker» avtomobillarining egasiga aylanishni taklif qiladi.
Qayd etilishicha, ushbu avtomobillarning 50 foizi to‘lash imkoniyati mavjud bo‘lsa, uning qolgan summasini 2 yil davomida belgilangan chakana narxlarda (foizsiz!) to‘lab, mazkur aksiyadan foydalanish mumkin. Avtomobilning qolgan summasini muddatidan oldin to‘lash uchun ham hech qanday cheklovlar ham yo‘q.
«Avtomobilni rasmiylashtirishning tezkorligi asosiy afzalliklardan biridir. Muddatli to‘lovni rasmiylashtirish uchun avtomobilingizni majburiy sug‘urta qilishingiz lozim bo‘ladi», deyiladi xabarda.
Bundan tashqari avtomobilga 100 foiz to‘lov amalga oshirgan xaridor chegirmadan foydalangan holda mazkur avtomobillarni quyidagi narxlarda xarid qilishi mumkin:
- Tracker MT - 165 mln. so‘m
- Tracker AT - 190 mln. so‘m
- Malibu Turbo 1,5 - 250 mln. so‘m.
Aksiyalar bo‘yicha batafsil ma’lumot olish uchun kompaniyaning rasmiy dilerlariga murojaat qilishingiz mumkin.
Aksiya joriy yilning 18-30 sentyabr kunlari oralig‘ida amal qiladi.
Kompaniya avtomobillar soni chegaralangani, avtomobil xaridi jarayonida xaridorlarga qulayliklar yaratishda davom etishini ham ma’lum qilgan.