Olimlar Quyosh tizimidagi eng uzoq obyekt nomiga yangi da’vogarni aniqladi. Bu haqda “Korrespondent.net” xabar berdi.
Obyekt quyoshdan 140 astronomik birlik uzoqda joylashgan.
Obyektni kashf qilganlar unga FarFarOut deb nom bergan. Ular, shuningdek, obyekt haqida ko‘p narsa bilmaganini va uni noma’lum sayyorani izlash jarayonida tasodifan aniqlaganini ham tan olgan.
Vashingtondagi Karnegi fanlar instituti astronomi doktor Skott Sheppard muayyan tahlillar jarayonida osmon jismini aniqlagan. U Quyosh tizimidagi eng uzoqda joylashgan obyekt sifatini rekord o‘rnatgan — 120 a.e. (11 milliard mil). Doktor bu obyektni dekabr oyida aniqlagan.
Shu paytgacha eng uzoq obyekt mitti Erida sayyorasi bo’lib, u 96 astronomik birlik uzoqda edi. Pluton esa 34 astronomik birlik uzoqda joylashgan.