Shifokor Axbor A'zamov:
-Ko'pchilik ayollar sellyulit nima ekanligini yaxshi bilishadi.
Sellyulit – bu teri osti yog' to'qimasi hujayralarining nobud bo'lishi natijasida hosil bo'lgan yog' bo'laklari hisoblanadi.
– Sellyulitga to'satdan vazn yo'qotish, gormonal buzilishlar, kam harakatlilik, me'yordan kam suv ichish, semirishga moyillik, qon aylanish tizimi bilan bog'liq muammolar, dag'al matoli kiyimlar kiyish kabi omillar sabab bo'ladi.
– Sellyulitdan xalos bo'lish uchun to'g'ri ovqatlanish, faol hayot tarzi, maxsus jismoniy mashqlar va muayyan kosmetik muolajalarni bajarish talab etiladi.