"Real"ning sobiq bosh murabbiyi Zinedin Zidan faoliyatida uchinchi marta madridliklar bosh murabbiyi bo'lmoqchi. Diario Sport xabariga ko'ra, frantsiyalik mutaxassisning shartlaridan biri "Lion"ning 19 yoshli yarim himoyachisi Rayan Sherkining transferi bo'lib, uning narxi 50 million evroga baholanmoqda.
Eslatib o'tamiz, mavsum yakunida "qirollik klubi"ning amaldagi ustozi Karlo Anchelotti birorta muhim sovrinni qo'lga kirita olmasa, o'z lavozimini tark etishi mumkin. Ispaniya chempionatida jamoa peshqadam “Barselona”dan 8 ochkoga ortda qolmoqda.
Zidan "Real"ni 2016-2018 va 2019-2021 yillarda boshqargan. Bu davrda frantsuz ikki marta La Liga va uch bor Chempionlar ligasida g'olib chiqdi.