kamaytirishni tavsiya qiladi) va tana vaznini me’yorga keltirish kerak.
Muvozanatli ovqatlanish — «spermatozoidlar sifatini qanday qilib oshirish mumkin» degan savolga yana bir javob.
Bundan tashqari, shifokor erkakka antioksidantlar qabul qilishni tavsiya qilishi mumkin. Antioksidantlar shakllanayotgan spermatozoidlarni va ular olib yuruvchi genetik materialni erkin radikallarning vayronkor ta’siridan himoya qiladi.
Stressli vaziyatlardan qochish. Reproduktiv salomatlik holati erkakning his-tuyg’ulariga bevosita bog’liq. Ko’proq dam olish va ijobiy emotsiyalar — bu sog’lom farzand urug’lantirishning muvaffaqiyat kalitidir.