САЙТ ЗАБЛОКИРОВАН ПО РЕШЕНИЮ СУДА.
Xayirli tun, Гость!
Bugun: 25.11.2024
Soat: 07:28
Вход Регистрация
Tasodifiy Maqola : Qaynopamni sikib yuraman
Salom. Yoshim 26da. Uylanganimga 4yil boldi. Toydan oldin xotinim opasi bilan tanishtirgan edi. Uni ... davomi
» Узбекиское порно видео UZPORN
Библиотека | Qo`rqinchli hikoyalar
1 2 >>

MURDALAR GAPIRMAYDILAR… (3-qism)

Добавил:DENTER (21.08.2021 / 21:16)
Рейтинг:rating 706 article (0)
Прочтений:7395
Комментарии:0
— Bilasanmi, men salkam oliy ma'lumotli faylasufman. Ha… meni to'rtinchi kursdaligimda haydashgan. Leningradda o'qirdim. Bir professor bor edi, — Tengiz shunday deb istehzoli jilmaydi. — Nikolay Aleksandrovich Sagoyev degan. Qiziq, a? Ismi o'rischa, nasabi tog'liklarniki. Keyin bilsam asli Nazir Aliyevich Sagoyev ekan. Tilimni tiyolmay o'shanga bir kuni aytdim: «Muhtaram professor, mayli, o'zingizning ismingizni o'rischa qilibsiz, otangizning shunday chiroyli ismini nega o'zgartirasiz? Sizda tog'liklar nomusidan zarracha bormi?» dedim. U enag'ar meni komsomol majlisiga qo'ydi. Mening qaysarligim tutib, majlisda avarcha gapirdim. O'sha professorning o'zi tarjima qilib turdi. O'ris deganlarning jazavalari tutganini ko'rsang edi. Qo'llaridan kelgani — meni komsomollaridan haydashdi. Shartta turib: «Men avarman! Avarligimcha o'laman! Tupurdim senlarga!» dedim. Shu bahona bo'lib o'qishdan haydashdi. Keyin men bu «o'qishga» kirdim. Birinchi qilgan ishim — Sagoyevning uyini bosdim. Avar knyazlari ham unchalik boy bo'lishmagandir. Tog'lik yigitlarni o'qishga kiritib qo'yaman, deb tozza shilar edi u enag'ar. Uyini shilib, qolgan-qutganini yoqib yubordim. O'n yil badalida ikki marta qo'lga tushib, pishdim. O'n birinchi yili «qonundagi o'g'ri» martabasini berib, menga toj kiydirishdi. Endi bildingmi, kimligimni? Bu to'ng'izlar meni qul qilish uchun yerimga bostirib kirishgan edi. Endi ularning o'zlari mening qulim. Bifshteksni o'ldirganing uchun zarracha afsuslanmadim. Bu enag'arlar qancha ko'p o'lsa, shuncha yaxshi. Sen esa… yashashing kerak! Men senga «Hamzat» deb nom beraman. Shomil bilan Hojimurod ham bizning qahramonlarimiz. Lekin men ularni uncha yaxshi ko'rmayman. Ular oxiri sinishgan. O'risga taslim bo'lishgan. Hamzat esa, sinish u yoqda tursin, hatto salgina egilmadi. Joynamozning ustida boshi uzildi. Senda ham shunga yaqin fazilat ko'rdim. Shuning uchun senga mehrim tushdi. Shuning uchun bu gaplarni senga aytyapman. Ammo sen bola, qaysarligingni arzon bahoga sotar ekansan. Sen mayda-chuyda gaplardan ustun tur. Sen millat uchun sobit bo'lishni o'rgan. Shunga aqling yetadimi? Yo'q, yetmaydi… Afsus, afsus, yetmaydi. Men o'zbeklar orasida senga o'xshagan mardini kam ko'rganman. Senlarning sinishlaring oson. Sen bu yerlardan sinmaydigan odam bo'lib chiq. Ko'zlaringni ochib, odam bo'lib chiq! Hamzat, bir kun kelib gaplarimni eslaysan. Ana shunda bu o'g'ri unchalik ahmaq emas ekan, deb tan olasan.

Hayot-mamot olishuvi Nuriddin, endilikda Hamzat uchun kutilmagan hodisa edi. Qahrli o'g'rining bu gaplari esa, mutlaq kutilmagan hol bo'ldi. Bu gaplarning mag'zini chaqishga harakat qildi. Keyingi uchrashuvlarda yana shu haqda gap ochilarmikin, deb kutdi. Biroq, Tengiz qahrli o'g'riboshi libosini yechib, ochilib gaplashmadi. Faqat ancha keyin, nohush voqealar so'ngida, ajralar mahallarida «Sen mening himoyamdasan. Men o'lsam, odamlarim himoya qiladilar. Sen o'sha kungi gaplarimni unutmasang bo'ldi: aslo sina ko'rma!» deb ta'kidladi.



«MURIK»

***

Qamoq olamining ikki tartib-intizomi bor. Birinchisiga huquq idoralari tartib berganlar. Bunisi qog'ozga tushgan, muhrlangan. Unga ko'p holda amal qilinmaydi. Ikkinchisi qog'ozga yozilmagan, muhrlanmagan. Ammo unga bexato tarzda bo'ysuniladi. Qonundagi o'g'rilar tomonidan joriy etilgan tartib-qoidalarning buzilishi ulug' bir fojia sanalib, buzg'unchi kechirilmaydi.

Qamoqxonalar, lagerlar garchi simto'siqlar bilan o'ralib, qurolli soqchilar bilan qo'riqlansa-da, o'g'rilar turli o'lkalarga sochib yuborilgan bo'lsa-da, ularni bir-birlariga bog'lab turuvchi botiniy robita g'oyat mustahkam edi. Belorussiyadagi lagerda bo'layotgan gaplarni Moskvadagi generallardan avval Vorkutadagi mahbuslar eshitishardi. «Lager teletaypi» deb nomlanuvchi xabar xizmati bexato ishlardi. Generallar botiniy zanjir mavjudligini, uning har bir hal-qasini bilishsa-da, o'zlarini bilmaganga olishardi.

Halqalarni uzib tashlash qo'llaridan kelsa-da, botina olishmas edi. Zero, ta'bir joiz bo'lsa, o'zlari ham shu zanjirning bir halqasi edilar.

Tartib etilgan qoidalarga ko'ra, «lager teletaypi» Murikning bu tomonlarga kelishini o'n besh kun avval ma'lum qilgan edi.

Daraxt kesiladigan joy o'zgarib, daryo sohilidagi chayla ham ko'chirilgan edi. Quyosh yoz fasliga xiyonat qilib, kuzning zaharli nafasi hukmini o'tkaza boshlagani uchun chaylaga joylashgan «politbyuro»ning «shtab-kvartira»si barakka ko'chirilgan edi. Bu yerlarning betayin havosi o'zini namoyish etgan — ezib yoqqan yomg'irdan so'ng oz fursat yuz ochuvchi oftob badanga harorat berishga ulgura olmas ham edi. Mahbuslarni qiyratib tashlagan chivinlar kelgusi yozda uchrashish umidida issiq uyalariga kirib ketganlar. Chivinlar azobidan qutulgan mahbuslar uchun shu shilta ayozli mavsum a'loroq tuyular edi.

Egniga paxtali kalta to'n, boshiga telpakni qiyshaytirib kiyib olgan Tengiz nam tortgan xashak ustida uzala tushib yotganicha pinakka ketgandi. Pachoqburun kirib, uning oromini buzdi.

— Nima deysan? — Tengiz esnab, qaddini ko'tardi.

— Naxodkadan ksiva bor.

— O'qi, kimdan ekan?

— Garbuzdan.

— Garbuz? — Tengiz «kim ekan u?» deb o'yladi. Har qancha tirishsa ham Garbuzning kim ekanini eslay olmadi. Uning xotirasi yaxshi edi. Bir ko'rgan odamini, bir marta eshitgan ismni o'n yildan keyin ham qiynalmay eslardi. Leningradda o'qib yurgan kezlari u boshqa talabalar kabi daftar tutmas edi, muallimlarning ma'ruzalarini yozmas edi, xotirasida saqlab qolardi. «Mening darsimni mensimaysan», deb da'vo qilgan muallimga Leninning «Falsafa daftari»dan bir necha sahifani yoddan aytib bergach, do'stlari uni «tirik kompyuter» deb atay boshlagan edilar. Ana shunday mukammal xotira egasi Garbuzni eslay olmadi. Pachoqburun xatni o'qiy boshlagach, masala oydinlashdi. Pachoqburunning faqat burni emas, bilimi ham pachoqqina edi. Beshinchi sinfda ikki yil sabot bilan o'qigach, oltinchi sinfga bormay qo'ya qolgandi. Rus alifbosidagi o'ttiz uch harfning teng yarmidan ko'prog'ini, ya'ni naq o'n yetti harfni erkin o'qiy olish martabasiga yetgan bu «donish»ning o'ziga o'xshash bir o'g'ri qo'li bilan yozilgan maktubni hijjalab o'qishini tasavvur qiling-u, Tengizning chidamiga qoyil qolavering. Ammo Tengiz ham temirdan emas. Uch-to'rt jumla o'qilguncha chidadi, so'ng xatni Pachoqburunning qo'lidan yulqib oldi. Katak daftar sahifasining bir burchi yirtilib, Pachoqburunning barmoqlari orasida qoldi. Xatga ko'z yugurtirgan Tengizning yuragi battar siqildi. Bu odam qo'li bilan yozilgan xatmi yoki siyohga botirib qog'oz ustiga qo'yib yuborilgan o'rmon chumolisining izlarimi, buni eskpert aniqlab bermasa, oddiy odamning farqlashi qiyin edi. Tengiz unda-bunda harfni eslatuvchi belgilarni qo'shib, bir amallab o'qiy boshladi:

«O'g'rilar omon bo'lsin!

Salom, Tengiz, salom qorindoshim! Senga yetib ma'lum bo'lsinkim, bu men — Oleg «Garbuz»man. Senga va Irkutsk sentralidagi barcha o'g'rilarga, «politbyuro» a'zolariga, sizlarning yelkadoshlaringizga birodarlik salomlarim bo'lsin! Qimmatbaho salomatliklar qalay? Xudo barchalaringizga
Скачать txt | fb2
1 2 >>
На главную
Онлайн: 0 / 12

Sex Uzbek hikoya, секс хикоялар, Узбечка секс хикоя, seks hikoya, uz, xikoya, seks uz, seks uzbek, erotik hikoyalar, seks hikoyalar, erotik xikoyalar, seks xikoyalar, ehtirosli xikoyalar, extirosli hikoyalar, UZBXXX, yangi erotik sex hikoyalar 2024, уз секс 2024 хикоялар, порно узбек, Uzbekcha pornolar, sex xikoya uz.

© Uz Hikoya Porno Sex Xikoya