Kravat chetidagi telning soatiga qaragan R. soat 3 dan ötganini kördi. Agar yana bir reys olinsa, ikkinchisi tabiiyki uzoqroq böladi, soat esa 4 dan ötib ketishi mumkin. Yozda erta yorug' tushadi. Saharmardonlab uyg'onuvchilar köp bu yoqlarda. M.ni kuzatib yuborgach, özi dushga kirib chömilib chiqdi. Areston tepasiga berkitgan sigaretidan olib tutatdi-da, azim chinordek qulab, uyquga ketdi.
Uyiga havotirlar b.n kirib olgan M. ota-onasini yotgan xonaga qaradi u yer tinchlik. Keyin xonasiga kirdi. Bolasi shirin uyquda. Tezda vannaga kirib chiqib, u ham uyquga ketdi.
Soat kunduzgi 1:30 lar. R. ning teliga 12-marta vizov kelyapti.
-Aloo
-Rustam! Qattasan?
-Tog'a sizmi?
-Ha man, qattasan? Mincha omesan telini?
-Uydaman tog'a, uxlayatgandim.
-Tezda kiyinib, tayyor bölib pastga tush! Man kep qoldim uje.
Tog'alariga köp savol berib örganmagan R. kiyinib pastga tushdi...
Mashina shahar chiqaverishga qarab borardi.
-Tog'a tinchlimi?
-...
-Qa ketyapmiz tog'a?
-Viloyat kasalxonasiga.
-Nimaga? Tinchlimi?
-Jiyan, haligi bugun oyin buvinlarniyam kutmay töydan özi ertaroq qaytvorgan ekan. Yölda moshinalari... avariya böpti... shunga...
R. muzlab qoldi. Zörg'a
-Oyim tuzimilar, deyoldi holos.
-Qogan tog'alarin, buving öshetda, borelichi...
Bechora ona. Manzura opa ham "Rustamjonim uyda yolg'iz qoldi, özi erinchoq bir nima tayarlab yeganiyam erinadi, man tezraq boraqole " deb yölga qolganlardan ertaroq chiqqan. Yölda "CHOCOLATE" qöshig'ini yana takror qöyish u.n bir soniya chalg'igan shafyor yigitning xatosi tufayli sal kam strechda 100 kelayotgan nexiasi qarama-qarshi yönalishga chiqib ketdi...
Ming xil öylar ta'sirida borayotgan R. onasining bu holga tushishiga ham özini ayblardi. U otasini yoqtirmasdi. Lekin hayot yölida otasining izidan borayotgandi. Uning xatolarini aynan takrorlamoqda edi.Otasi ana shunday nopok yurgani u.n xudo undan onasiday pokiza ayolni olib qöygan deb öylardi. Özi ham shu yöldan borayotgani u.n xudo endi onasini undan ham olib qöymoqchimi?
Kasalxonaga kirib borganida közlari yoshlanib ketgan qarindoshlarini kördi. Buvisi uni bag'riga mahkam bosdida "Rustamjon bolam, onangdan ayrilib qoldik!!" dedi. R. "oyi, oyijon" deb ökirib yig'lashga tushdi...
...-Ha, ha bolam, tinchlimi?
-Oyii!!?
-Sanga pastde narsalarni tashib bölib, ichkaridelarni joylab tur dib ketgandik. Uxlab yotishini qara!
-Oyi?!, qattediz?
-Katta eshikda edim. Tog'ang b.n örtoqlaringa ketadigan narsalarni ajratib beryatgandim. Yomon tush kördin shekili a? Asr payti uxlamaginda bolam!
Shu payt ikki örtog'i og'ir narsalarni kötarib kirib qolishdi.
-Boyvuchchade yalpayib ötirishlarinichi!
-Turee! Buyog'da shuncha ish boru bu kishi orom olyaptikanlar.
-Bor bolam yuzini sovuq suvda yuvvor!
Vannaxonaga kirib ketayotgan Rustamni kimnidir salomi töxtatdi.
Qayrilib qaragandi 18 yoshlardagi qoramag'izroq, istarali, yuzida kulgichlari yarashib turgan qiz. Qölida usti sochiqda yopilgan kichkina tovoq.
Rustam unga biroz qarab turdi. Qiz ham hijolat bölib közini op qochdi. Rustam "Oyi, qaravorin, chaqirishyapti" deb qizga jilmaygancha vannaxonaga kirib ketdi...
Xurmatli öquvchilar! Kaminada ehtirosli sahnalarni jonlantirib körsatish qobilyati yöq. Qolaversa bu birinchi hayoliy töqima ijod mahsulimdir. Kimgadir yoqqan bölsa xursandman. Lekin ogoh bölaylikki qilib yurgan nopok ishimizni kasri özimizgamas, begunoh yaqinlarimizga urishi mumkin. Shuning u.n yoshlarga maslahatim uylanguncha "chachi uzunga yaqilmashli kere shaxvat pasayadi. Ana uylanvogandan keyin B-KKKK, BKK, BKKKR, BKKKR" bölaveradi.