САЙТ ЗАБЛОКИРОВАН ПО РЕШЕНИЮ СУДА.
Xayirli kun, Гость!
Bugun: 22.11.2024
Soat: 17:31
Вход Регистрация
Tasodifiy Maqola : Бозорда арава тортиб кун курадиган бир ака шундай хикоя килади. ....
... Бир куни олдимга бир Йигит келиб. Ака аравангизни 2 соат га бериб туринг илтимос деди. Курин... davomi
» Узбекиское порно видео UZPORN
Библиотека | Qarindoshlar (Insest)
1 2 3 >>

Raqqosa 5 bob 1 qism.

Добавил:DENTER (19.07.2021 / 11:13)
Рейтинг:rating 319 article (0)
Прочтений:9830
Комментарии:0
Oradan olti oy o'tdi. Manzura konservatoriyada shaxsan Vohid Azlarovichning guruhida, uning qo'l ostida o'qishni boshladi. Olti oy deganda, Murod aytganidek, nafas mashqlarini ham o'zlashtirdi. Lekin ilgari o'zi sevgan qo'shiqlarni xirgoyi qilib yurganda, bu san'at turi shu qadar qiyinligi, murakkabligini bilmas ekan. Qo'shiqni har qanday odam ham ayta oladi deb o'ylarkan. Vokal bo'yicha dars ola boshlagach, qo'shiqchilik san'atining hech kimga ma'lum bo'lmagan sirli jihatlarini o'rgana boshlagachgina anglab yetdi. Kechalari mashq qildi, muallimlar bergan har bir topshiriqni ko'ngildagidek bajarishga urindi. Ba'zan jonidan to'yib shartta uyga ketib yuborgisi kelgan paytlar ham bo'ldi. Lekin shaytonga hay berdi. Maqsadiga xudo albatta yetkazishiga ishondi…
Umurtqa suyagi ham ancha bitib qolgandek edi. So'nggi bir oy ichida ikki yo uch marta xuruj qildi xolos. Shunda ham kechasi uyqusida bilmasdan ustidagi ko'rpani bir chetga itqitib tashlagan ekan. Ochiq derazadan kirgan muzdek shabada kesilgan yeriga kelib urildi va chimillab og'riy boshladi…
Umuman, salomatligi tobora yaxshi tarafga o'zgarayotganini sezmoqda. Nasib bo'lsa, bir yilda ko'rmagandek bo'lib ketishiga ishonmoqda…
Faqat bir muammo yuragini o'rtardi. Shu muammo xayolini chulg'adi deguncha o'zi sezmagan holda hayotdan to'ya boshlaganini his etadi. Botirning ba'zi gap-so'zlaridan kuyadi, Murodga nisbatan sovuqqon bo'lib qolganidan qiynaladi…
Mana, bir oy bo'ldi qishloqqa ketganiga. Ketayotib ham yuragiga bir parcha muz solib qo'ydi.
— Murod pixini yorgan firibgar, — degandi Botir ketayotib. — Seni «qiyomatli singlim» deganiga ishonib yuribsanmi? Ovsarmisan? U pul uchun hamma narsaga tayyor odam-ku! Hali ko'rasan, senga uylanib ham oladi. Ha, buni sezib turibman. Men oldingda bir tiyinga arzimay qolaman. Hozir ham ja arziyotganim yo'q.
— Ilgari rashk qiladigan odatingiz yo'g'idi-ku, — degandi o'shanda Manzura. — Qancha marta to'ylarda ko'rdingiz, raqs bahona qanday nomaqbul ishlar qiganimga guvoh ham bo'ldingiz. Miq etmagandingiz. Endi bo'lsa, jim yuribman, begona erkaklarga suzilmayapman, raqs tushmayapman. Sizni kutib vaqt o'tkazyapman. Nega rashk qilyapsiz? Murod akayam, Ro'zixon opayam ko'ngli toza odamlar. Bilib-bilmay tuhmat qilmang birovga! Ko'ngli toza bo'lmasa, meni mana shunaqangi katta o'qishlarga kiritib qo'ymasdi. Sudraklab to'yma-to'y olib yurmasdi, himoyasiga olmasdi. Uyimgacha ta'mirlatib, atrofimda parvona bo'lmasdi. Siz tuhmat qilmang u odamga!..

* * *

Manzura shularni o'ylagancha konservatoriya hovlisiga yaqinlashib kelarkan, Botirning muhabbatiga yuragida bir tutam shubha uyg'onganini his etgandek bo'lardi. Uning gap-so'zlarini o'zicha tahlil qilib ko'rar, Botirni boshqalarga taqqoslardi. Baribir o'sha shubha ustun kelaverardi…
Oxiri o'ylanaverishdan charchadi. Bir qo'l siltadi-yu, ichkariga kirdi.
Ne ko'z bilan ko'rsinki, hov narida Botir guruhdoshi Salomat bilan chaqchaqlashib turardi.
«Ie, — ko'nglidan o'tkazdi Manzura taqqa to'xtab. — Men bu odamnibir oydan beri kutib o'tiribman. Eshik tiq etsa yugurib borib Botir keldimikan degan umidda eshikni ochardim. U-chi? Ketmaganmidikan qishloqqa? Nega? Nima uchun Salomat bilan qiyshanglashyapti? Bu qiz o'qish boshidanoq menga dushman bo'lib qolganini bilardi-ku! Qayta-qayta o'ziga arz qilib gapirib bergandim-ku!.. Nega bunday qildi?..»
Shubhasiz ular ham Manzurani ko'rishdi. Botir biroz o'ng'aysizlangan ko'yi bosh qashiy-qashiy, Salomat bilan qo'l berib xayrlashdi-yu, negadir tashqariga chiqib ketdi.
Manzura uning so'nggi harakatlarini ko'rgandan beri go'yo haykal kabi turgan yerida tosh qotgandi. Lekin darrov o'zini o'nglab oldi. Alam aralash bir qo'l siltadi-yu, auditoriya tomonga qarab yurdi. Salomat o'ttiz-qirq qadamcha narida unga masxaraomuz tikilib turar, Manzurani boshdan-oyoq kuzatib sovuq jilmayib qo'yardi.
— Ha, hofizaxon, negadir kayfiyatlari yo'q? — piching aralash so'z qotib Manzuraning yo'lini to'sdi u. — Qayoqqa shoshilyaptilar? Yigitingizni olib qo'yibmanmi? Shunga siqilyapsizmi?
Kayfiyatingiz tushib ketdimi? Uf-f, nima qilay? Men shunaqa dilozor qizman!
— Yo'limni to'sma, — dedi iloji boricha o'zini bosishga urinib Manzura. — Niyating nima o'zi? Nega nuqul menga piching otaverasan? Arpangni xom o'rdimmi?..
— Vah, o'lib qolama-an, — ikki yondan hayron qaragancha o'tib ketayotgan talabalarga ko'z qisib kuldi Salomat. — Qishlaqiligingga borasan-da baribir! O'v, hofiza! Buyuk hofiza, men shaharlikman! Shaharda arpa ekilmaydi, bildingmi? Arpani-chi, hov qishlag'ingga borib o'raver xohlaganingcha! Bu yerni shahar deb qo'yibdi, shahar!
— Xo'p, men qishlaqiman, — dedi Manzura asabiy lab tishlab. — Sen nega asabimga o'ynayverasan? Ayt muddaoingni!
Salomat daf'atan jiddiy tortdi-da, atrofga alangladi. Yaqin orada hech kim ularga e'tibor bermayotganiga amin bo'lgach, Manzuraning bilagidan tortqiladi.
— Yur, hojatxonaga kiraylik, o'sha yerda gaplashamiz!
— Shu yerda gapiraver!
— Qo'rqyapsanmi? Quyon yurakmisan? Qo'rqma, yeb qo'ymayman! Tirik qolasan! Gaplarimni aytaman-u, surasan srazu!
Manzura ham uning qarshisida past ketgisi kelmasdi. Bilagiga yopishgan qo'lini bir siltab olib tashladi-da, oldinga tushdi.
— Bo'pti, yur, ko'ramiz!..
Hojatxonaga kirganlari hamono Salomat eshikni ichkaridan qulfladi-da, kutilmaganda Manzuraning tomog'iga chang soldi. Ilgarigi ahvoli bo'lsa, bu qizga so'zini berib qo'ymasdi. Lekin baribir umurtqasi nobopligi pand berdi.
Salomatga kuchi yetmasligini tushunib yetdi. Ammo sirini ham boy bermadi. Uning tomog'iga chang solgan qo'lini mahkam ushlagancha alamli shivirladi.
— Ha, nima? Shumi boring? Ayt, nima qip beray? Pul beraymi?
— Pulingni-chi, bir yeringga tiqvol, — dedi baland ovozda Salomat. — Bugundan keyin Azlarovichning konsertlariga men boraman, bildingmi? Agar yana oldiga tushib yo'rg'alaganingni ko'rsam, bo'g'ib o'ldiraman! Tushundingmi yo hozir bo'g'ib qo'ya qolaymi?..
— Senam o'sha konsertni bir joyingga tiqvol, — bo'sh kelmadi Manzura ham. — Ko'zim uchib turgani yo'q ja konsertma-konsertyuraman deb. Azlarovichning o'zi opketgandan keyin…
— Bormaysan! — tomog'ini qattiqroq qisdi Salomat. Manzura nafas yetishmaganidan xirillay boshladi. Yana sal qattiqroq qissa hushini yo'qotgudek darajada ko'zlari tinib ketayotganini his etdi. Salomat ham rangi o'zgarganini sezdi chog'i, darhol qo'lini tortib oldi. Va imi-jimida tashqariga yo'nalish asnosida ko'rsatkich barmog'ini Manzuraning peshonasiga tiradi-da, qulog'iga shivirladi:
— Bu gal konsertga men boraman. Yo'rg'alaganingni ko'rsam, o'ldiraman!..

* * *
Manzura azbaroyi asabiylashganidan kun qanday o'tganini ham go'yoki payqamadi. Har Salomatga ko'zi tushganda, yuragi alamga to'lar, kuchli nafrat ustun kela boshlardi. Shayton dast o'rnidan turib borib Salomatni yulib tashlashga undardi. Bu orada domla uni dam olish kuni bolalar uyida konsert borligidan yana ogoh etdi. Manzura aytay-aytay dedi-yu, negadir tili bora qolmadi. Xudoga soldi-yu, uyiga qaytdi.
Bir tarafdan esa Botirning qilig'i esiga tushib battar jig'ibiyron
Скачать txt | fb2
1 2 3 >>
На главную
Онлайн: 0 / 12

Sex Uzbek hikoya, секс хикоялар, Узбечка секс хикоя, seks hikoya, uz, xikoya, seks uz, seks uzbek, erotik hikoyalar, seks hikoyalar, erotik xikoyalar, seks xikoyalar, ehtirosli xikoyalar, extirosli hikoyalar, UZBXXX, yangi erotik sex hikoyalar 2024, уз секс 2024 хикоялар, порно узбек, Uzbekcha pornolar, sex xikoya uz.

© Uz Hikoya Porno Sex Xikoya